13 avg 09:09
Yangiliklar

Bellator 264 turniri jangchilari taroziga chiqishdi + FOTOGALEREYA
Ananaga ko'ra jangdan bir kun avval Bellator 264 turniri ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Oqshomning markaziy jangi chempionlik maqomida bo'lib, unda o'rta vazn etakchilari Gegard Musasi va Jon Selter o'zaro jangda oktagonga ko'tarilishadi. Har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Ularning har ikkisi ham 83,91 kg tosh bosgan.
Oqshomning anderkard jangida esa rossiyalik Andrey Koreshkov Sabax Xomasi bilan to'qnash keladi. Yana bir taniqli rus MMA jangchisi Magomed Magomedov esa Rofeon Stotsga qarshi oktagonga chiqadi. Asosiy kardning ilk jangida rossiyalik Xadjimurat Bestaev Tay Gverder bilan yuzma-yuz keladi.
Bellator 264. Tarozi natijalari
Asosiy kard:
Gegard Musasi (83,91 kg) – Jon Selter (83,91 kg)
Sabax Xomasi (77,56) – Andrey Koreshkov (77,45)
Magomed Magomedov (61,58) – Rofeon Stots (61,69)
Everett Kammins (116,57) – Devion Franklin (119,75)
Xadjimurat Bestaev (83,91) – Tay Gverder (83,91)
Prelium kard:
Roberta Samad (66,22) – Pem Sorenson (66,11)
Jastin Montalvo (70,65) – Kendli Sent-Luis (73,71)
Jeffri Glossner (64,41) – Sebastyan Ruis (64,29)
Jonatan Maknil (88,45) – Orlando Mendosa (88)
Fikrlar