17 may 12:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator Fyodor Emelyanenkoning jangi haqida yangi malumot taqdim etdi
Bellator tashkiloti rahbari Skott Koker koronavirus pandemiyasi tasiridagi yangi o'zgarishlar haqida malumot berdi.
Kokerning aytishicha, rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Emelyanenko ishtirokidagi jang nafaqat kuzda, balki joriy 2020 yil hisobidan ham o'tkazilmaydi.
"Koronavirus pandemiyasi Fyodorning oktagonga qaytishini ortga surmoqda. Biz uning jangini kuzda o'tkazishni rejalashtirgan edik. Lekin buning iloji yo'q ekan. Bunga Fyodor ishtirokidagi jangni AQSHda o'tkazmasligimiz ham sabab bo'lmoqda. Emelyanenkoning jangini Yaqin SHarq yoki Evropada o'tkazamiz. Kamida 4-5 oyga rejalarni ortga suramiz. Katta ehtimol bilan Fyodor 2021 yilning may oyida oktagonga qaytadi", - dedi Bellator prezidenti Skott Koker.
Havola :
Fikrlar