27 apr 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator prezidenti: Fyodor Emelyanenkoning jangi ko'chiriladi
Rossiyalik MMA yulduzi Fyodor Emelyanenkoning jangi belgilangan vaqtda o'tkazilmaydi.
Bu haqida Bellator promousheni prezidenti Skott Koker xabar berdi. Kokerning aytishicha, koronavirus pandemiyasi Fyodor ishtirokidagi jangni kuz oyida o'tkazish imkonini bermaydi.
"Vaziyat shuni taqozo qilyapti. Biz Emelyanenkoning qaytishini kuzga mo'ljallagan edik. Endi esa bu rejani amalga oshirish mushkul. Maqsadimiz uning ishtirokidagi janglarni AQSHda emas, Markaziy SHarq, Evropa va Yaponiyada o'tkazish. Keyin esa Emelyanenkoning xayrlashuv jangini Rossiya poytaxti Moskva shahrida o'tkazmoqchimiz", - dedi Koker.
Havola :
Fikrlar