11 fev 21:08
Yangiliklar
Futbol
Bellingem jarohat oldi. U qancha muddatga safdan chiqdi?
Jud Bellingemda bog'lamlarning cho'zilishi tashhisi qo'yildi.
Bellingemni kecha "Jirona" (4:0)ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida jarohat sabab almashtirishdi, "Real" bugun yarim himoyachiga chap tovonning cho'zilishi tashhisi qo'yildi.
La Sexta jurnalisti Xose Luis Sanchesning malumotiga ko'ra, Bellingem 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.
SHunday ekan, Jud "RB Leypcig"qarshi CHL 1/8 finalning ilk o'yini, shuningdek La Liga doirasidagi "Rayo Valekano", "Sevilya" va "Valensiya"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Jurnalist Arancha Rodrigesning yozishicha, Bellingem 6 mart kuni bo'lib o'tadigan "Leypcig"ga qarshi javob o'yiniga tayyor bo'ladi.
Bellingem joriy mavsum "Real" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar