13 noy 16:16
Yangiliklar
Futbol
Benzema jarohati haqida: "Jiddiy hech nima bo'lgani yo'q"
"Real" forvardi Karim Benzema jarohati haqida gapirdi.
Forvard "Real"ning so'nggi 6 o'yinining 5tasida maydonga tushmadi.
"Kichik noqulaylik his qildim, jiddiy hech nima bo'lgani yo'q. 22 noyabrga qadar hali vaqt bor. Nafaqat ruxan, balki jismonan ham yaxshi holatda bo'laman.
Jahon chempionligi tug'ilgan kunim uchun ajoyib sovg'a bo'lgan bo'lardi. Har bir o'yin finalga teng. Guruhimiz juda yaxshi, o'yindan-o'yinga yaxshilanib boraveramiz", - dedi Benzema.
JCH-2022 finalidan bir kun o'tib, yani, 19 dekabr kuni Benzemaning tug'ilgan kuni. O'shanda u 35 yoshga kiradi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar