25 okt 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Berchelt jarohat oldi, Salido bilan jang o'tkazilmaydi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Migel Berchelt mashg'ulot chog'ida o'ng qo'lini shikastlab oldi.
Buning natijasida uning 9 dekabr kuni Orlando Salidoga qarshi kechadigan jangi bekor qilindi, deb xabar bermoqda Boxingscene. Endi Salidoning jamoasi ushbu sanaga boshqa raqib topishga majbur bo'ladi.
Meksikalik bokschining menejerlari sobiq jahon
chempioni Fransisko Vargas bilan revansh jangini tashkil qilishga urinib
ko'rishmoqchi. Bu ikki bokschi 2016 yil o'zaro to'qnash kelishgan va o'sha jang jangovor durang
bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar