17 dek 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Berinchik filippinlik “Motador”ni nokautga uchratdi
Ukrainalik professional bokschi Denis Berinchik engil vazn toifasida WBO Oriental chempioniga aylandi.
Berinchik (8-0, 5 KO) oqshomning markaziy jangida filippinlik Allan 'El Matador' Vallespin (11-2, 8 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Jang vakant bo'lib qolgan WBO Oriental chempionlik kamari uchun kechdi.
O'n raundga mo'ljallangan jangning oltinchi uch daqiqaligida
Berinchik raqibini nokautga uchratdi. Professional boksdagi faoliyatini boshlaganiga
3 yil bo'lgan Berinchik ilk sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar