21 dek 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Bernard Xopkins: “Men hech narsadan afsus qilmayman”
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Bernard Xopkins 17 dekabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazgan edi.
The Forum arenasida o'tgan jangda amerikalik 51 yoshli Xopkins hamyurti 27 yoshli Jo Smitga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Xopkins faoliyatidagi so'nggi jangi haqida o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
“Men bundan afsuslanmayman. Bundan holatlar boksda bo'lib turadi. Yanvar oyida 52 yoshga to'laman. Afsuski, o'zim xohlagandek jang olib bora olmadim. So'nggi jangimdagi mag'lubiyat uchun ko'p yillik muxlislarimdan uzr so'rayman”, - dedi Xopkins.Malumot uchun, Xopkins boks tarixida o'ziga xos rekord o'rnatgan. U 2014 yili 49 yoshida jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritib, boks tarixidagi eng yoshi katta chempionga aylangandi.
O'shanda u yarim og'ir vazn toifasida qozog'istonlik Beybut SHumenovni 116:111, 116:111, 113:114 hisobida mag'lub etib, 3ta chempionlik kamarlarini o'zida birlashtirgan edi.
Havola :
Fikrlar