12 jan 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Berns-Indongo. Birlashtiruvchi chempionlik jangi belgilandi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazilishi bo'yicha kelishuvga erishildi.
Unda WBA yo'nalishi chempioni shotlandiyalik Rikki Berns hamda IBF chempionlik kamari sohibi Julius Indongo o'zaro to'qnash kelishadi.
Mazkur birlashtiruvchi chempionlik jangi 15 aprel kuni SHotlandiyaning Glazgo shahridagi SSE Hydro arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Berns o'zining
so'nggi jangini 3 dekabr kuni Moskva shahrida belaruslik 26 yoshli Kirill Relixga
qarshi o'tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi.
Indongo ham aynan 3 dekabr kuni Moskvada jang o'tkazgandi. U ushbu chempionlik kamarining endilikda sobiq egasi bo'lgan rossiyalik Eduard Troyanovskiyni birinchi raunddayoq nokaut bilan engandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar