10 jan 10:51
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Besh karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Los-Anjelesdagi yong'in sabab barcha medallari va uyidan ayrildi
SHu kunlarda Kaliforniya (AQSH)da favqulodda holat joriy etilgan.
11 ming gektar maydonni qamrab olgan yong'in ikki mingdan ortiq binoni vayron qilgan.
Suzuvchi Garri Xoll-Junior ham buning oqibatida jarohat oldi. U o'z vaqtida Atlantadan Afinagacha bo'lgan ketma-ket uchta Olimpiya o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgandi. Afsuski, uning medallari uyi bilan birgalikda yonib kul bo'ldi.
Bundan tashqari, AQSHdagi bir qator taniqli sportchi va murabbiylarning ham uylari shikastlangan. Bir qancha Ligalar yaqin oradagi musobaqalarni ko'chirish bilan ovora.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar