18 apr 11:34
Yangiliklar
Dzyudo
Besh nafar dzyudochimiz Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi
Xitoyning Ordos shahrida o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kungi saralash bahslari yakuniga etib, kechki final dasturida medallar uchun kurashadigan juftliklar malum bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasining olti nafar azosi Osiyo chempionati medallari uchun kurashadigan bo'ldi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov oltin, Muzaffarbek To'raboev, Ernazar Sarsenbaev, Umida Nig'matova, Barchinoy Qodirova va Marjona Ko'chimova bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Final
+100 kg: Alisher Yusupov — Li Seon Gyob (Koreya Respublikasi)
Bronza medali uchun
-78 kg: Marjona Ko'chimova — Barchinoy Qodirova
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Jahongir Majidov (Tojikiston)
+78 kg: Umida Nig'matova — Aida Toishebekova (Qozog'iston)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev — Odhu Tsetsentsengel (Mo'g'uliston)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar