13 apr 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Besputin Alfredo Blankoni mag'lub etdi
AQSHning Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida rossiyalik 27 yoshli Aleksandr Besputin argentinalik 29 yoshli Alfredo Blankoga qarshi ringga ko'tarildi. Jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Hakamlar 10 raundlik jang yakunida bir ovozdan - 99-91, 100-90, 100-90 hisobida Besputinning g'alabasini taminlashdi. Ikkala bokschi ham boshlari urilib ketishi natijasida kichik jarohat olishgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar