30 iyu 12:19
Yangiliklar

Beterbiev hamyurtiga "vyzov" tashladi
"Salom, Sergey Kovalev. O'zingga tegishli bo'lgan WBO kamarini Eleyder Alivaresga qarshi revansh jangidan so'ng qaytarib olib, men bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilimoqchi ekanligingni aytganding. Men shu zahoti bu taklifini qabul qildim hamda promouterimga sening jamoang bilan muzokaralar olib borish kerakligini aytganman. Lekin, sen haligacha taklifimga javob bermading. SHu sababli, men senga barchani oldida yana bir bor jang qilishni taklif qilaman.
"Hozirgi vaqtda jangimizga hech qanday to'siq yo'q. SHu sababli, o'zaro munosabatlarimizga yakun yasash vaqti keldi. Jangimiz barchaga qiziq bo'lishi aniq, chunki bu to'qnashuv birlashtiruvchi chempionlik jangi bo'ladi. Rossiyada seni "Lapsha" deb atashadi, AQSHda esa "Buzg'unchi"san. Sen kimsan? "Lapsha"mi yoki "Buzg'unchi"? Isbotlash vaqti keldi. Vaqt ketdi, seni javobingni kutaman",- deb yozib qoldirgan Artur o'zining Instagram sahifasida.
Fikrlar