27 dek 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev va Mixalkin IBF kamari uchun saralash jangida ringga chiqadi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan rossiyalik Artur Beterbiev (11-0, 11KO) o'zining keyingi jangini hamyurti Igor Mixalkin (18-1, 9KO)ga qarshi o'tkazishi mumkin.
Agar tomonlar o'zaro kelisha olishsa, ushbu jang IBFchempionlik kamari uchun saralash maqomida bo'ladi. Bu malumotni Kanadaning RDS portali ham tasdiqladi.
Igor Mixalkin ayni paytda reytingda 9-o'rinni egallab turibdi. Beterbiev esa ikkinchi pog'onadan joy olgan. Endilikda IBF yo'nalishining sobiq chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov amerikalik Andre Uordga mag'lub bo'lganidan so'ng reytingda 3-o'ringa pastladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar