16 avg 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilasizmi? Isroil Madrimov faoliyatida ilk marotaba 12 raundlik jang o'tkazdi
Xabaringiz bor, bugun bokschimiz Isroil Madrimov AQSHda professional ringdagi 6-jangini o'tkazdi.
Mazkur 12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Bu orqali Isroil faoliyatida ilk marotaba 12 raundlik jang o'tkazdi. Bungacha bokschimizning prof ringdagi eng ko'p harakat qilgan raundi 6 tani tashkil etardi.
Eslatib o'tamiz, Madrimov jang davomida raqibini 9-raundda nokaut qilishga erishgandi. Lekin, referi ushbu vaziyatda bokschimiz elkasi bilan zarba bergan deb hisobladi va raqibga o'ziga kelib olish uchun vaqt berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar