27 sen 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Billi Jo Sonders 22 oktyabrda Kardiffda ringga chiqadi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders o'zining navbatdagi jangini 22 oktyabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida o'tkazadi.
Britaniyalik 27 yoshli bokschining raqibi hozircha malum emas. Bir muddat avval Sonders WBA (Super), WBC va IBF yo'nalishlari chempioni, qozog'istonlik 34 yoshli Gennadiy Golovkin bilan jang o'tkazish istagi borligini malum qilgan edi.
Lekin Golovkin o'zining navbatdagi jangini dekabr oyida o'tkazadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Golovkin - Sonders jangi katta ehtimol bilan 22 oktyabr kuni o'tkazilmaydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar