04 dek 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Billi Jo Sonders ilk bor chempionlik kamarini himoya qildi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders o'z unvonini munosib tarzda himoya qildi.
Britaniyalik 27 yoshli bokschi SHotlandiyada o'tgan boks kechasida rossiyalik 28 yoshli Artur Akavovga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 12 raund davom etdi.
Yakunda hakamlar bir ovozdan 116-113, 116-112, 115-113 hisobida g'alabani chempionga tortiq etishdi. Bu Sonders uchun ilk himoya jangi edi. Billi o'tgan yilning dekabr oyida Endi Lini mag'lub etib, chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar