So’nggi yangiliklar

11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0 09:03Жейк Полнинг рақиби GLORY собиқ чемпиони бўлади 0 08:32RAF лигасида россиялик спортчиларнинг иштироки ҳақида расмий баёнот берилди 0 08:01Элит ОЧЛ. "Ал Қодисия" 5 та гол урди, "Ал Айн" меҳмонда Саудия жамоасини мағлуб этди ва бошқа натижалар + ВИДЕО 0 21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0

19 iyu 09:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi: Ruslan CHagaev vs Vladimir Klichko!

Oq Tayson nomi bilan mashhur bo'lgan hamyurtimiz Ruslan CHagaev 2009 yilda Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazgan chempionlik jangini esga oldi.

2009 yilning 20 iyun kuni Germaniyaning Gelzenkirxen shahridagi "Veltins Arena" stadionida superog'ir vazn toifasida 12 raundlik chempionlik jangi o'tkazilgan. Unda IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik Vladimir Klichko WBA chempioni Ruslan CHagaevga qarshi ringga ko'tarilgandi. 

O'sha jangda o'rtaga faqat Vladimir Klichkoning barcha chempionlik kamarlari qo'yilgandi. SHuningdek, vakant bo'lib turgan The Ring jurnali kamari ham g'olibga taqdim etilardi. Ikki haftalik qisqa ogohlantirish bilan jangni qabul qilgani uchun CHagaevning chempionlik kamari o'rtaga qo'yilmagan edi. 

Ikkinchi raundda Vladimir Klichko jangga tayyorgarliksiz chiqqan charm qo'lqop ustamizni nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. To'qqizinchi raunddan keyin esa CHagaevning murabbiylari jangni davom ettirmaslikni lozim topishdi. Jang to'xtatilguniga qadar Klichkolarning kichigi uchchala hakam hisob-kitobiga ko'ra g'alaba (89:81, 90:79, 88:82) qozonayotgandi.

Ushbu jangni Germaniyaning o'zida 11,5 million kishi RTL telekanalida, 7,5 million kishi Inter kanalida tomosha qilgan. 

— 2009 yilda Vladimir Klichkodan faoliyatingizdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldingiz. O'shanda jangga qisqa ogohlantirish bilan chiqqan edingiz. Mag'lubiyatingizning asosiy sababi shu bo'lganmidi?

— Ha, men o'sha jangni ikki haftada qabul qildim. Ammo men hech narsadan afsuslanmayman, chunki bunday imkoniyat hech qachon nasib etmasligi ham mumkin edi. Umuman olganda, men hech qanday zararli emasligimni va men bilan jang qilish mumkinligini butun dunyoga ko'rsatishga yordam bergani uchun Vladimirdan minnatdorman. Bo'lmasa, hamma Valuevning gapiga ishonib qolardi. Nikolay Valuevni mag'lub etganimdan keyin u meni toza jang o'tkazmaydi deb butun dunyoga jar solgandi. Klichko bilan jang bo'yicha hech qanday savol yo'q, Volodya haqiqatan ham juda zo'r bokschi, u raqiblarini his qiladi, u ringda ko'p harakat qiladi. Ehtimol, to'liq tayyorgarlik ko'rganimda yaxshiroq chiqish qilardim va manzara boshqacha bo'lardi, lekin umuman olganda, natijaga shubha yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing