28 noy 09:50
Yangiliklar

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag'ishlangan professional boks kechasi o'tkazildi
“Geolog” arenasida kechgan boks oqshomida yurtimiz charm qo'lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Gruziya va Turkmanistondan kelgan bokschilar ham ringga ko'tarilishdi.
Boks kechasidan jami 7ta jang o'rin olgan bo'lib, ulardan 2tasi chempionlik kamari uchun kechdi. Sakkiz raundga mo'ljallangan janglarning birida Jamshid Najmiddinov raqibi Mansur Abdumamatovni muddatidan avval texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Ikkinchi chempionlik jangida yana bir hamyurtimiz, qarshilik Feruz Yo'ldoshev gruziyalik Mixail Solononkini hakamlarning hisob-kitobiga ko'ra yaqqol ochkolar ustunligi bilan engdi.
Malumot uchun, ikkala jang ham ABCA yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionlik kamari uchun kechdi.
Fikrlar