So’nggi yangiliklar

12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0

18 apr 12:37
Yangiliklar

Tennis

Birinchi raketkamiz 20 ta eys amalga oshirilgan 1/2 final uchrashuvida kortga chiqdi

Teglar :  Sergey Fomin
Xitoyning Uning shahrida o'tkazilayotgan "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirda finalchilar aniqlandi.

O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan xitoylik Sun Fajingga qarshi kortga chiqdi. Sun 1/8 finalda O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonovni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Afsuski, reytingdagi tafovut 1/2 finalda ham o'z so'zini aytdi. Dunyoning 244-raketkasi bo'lib turgan mezbon tennischi arenaga yig'ilgan vatandoshlari qo'llab-quvvatlashi yordamida final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sun ikki setda ham bir xil hisobda g'alaba qozondi - 6/4, 6/4. 

Ikki tennischi uchrashuvida jami 20 ta eys qayd etildi. Sergey 12, Sun 8 ta eys zarbasiga mualliflik qildi. Qo'shxatolar hamyurtimizda bittaga ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Fomin ayni paytda dunyoning 383-raketkasi bo'lib turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. Fomin o'tgan yili Xitoyning boshqa shahridagi turnirda Fajingni mag'lub etgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing