24 fev 18:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Birozdan so'ng 5 nafar prof bokschimiz Piterda ringga chiqadi, ular orasida 19 yoshlisi ham bor
Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Oleg Bogdanov promouterligi ostida navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Ushbu boks oqshomida besh nafar charm qo'lqop ustamiz ham ringga ko'tariladi. Ular orasida 19 yoshli istedodli bokschimiz Ravshan Muhammadjonov ham bor. Ravshan yosh bo'lishiga qaramay prof ringda 8ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Murabbiylardan Zufar Sulaymonov va Nabijon Ismanov bokschilarimizni bugungi janglarga tayyorlashgan.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
55,225 kg vazn toifasi
Humoyun Rustamov – Magomed Qurbonov (Rossiya)
Javlonbek Qurbonov – Sergey Tasimov (Estoniya)
69,85 kg vazn toifasi
Ravshan Muhammadjonov – Dmitriy Gashkov (Rossiya)
Akmalxon Jamolxonov – Murad Ramazanov (Rossiya)
72,574 kg vazn toifasi
Farrux Jo'raev – Oleg Kostryukov (Rossiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar