29 apr 16:15
Yangiliklar

Birozdan so'ng Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani boshlanadi
Qitamizning 30ga yaqin davlatidan eng sara bokschilar qatnashadigan Osiyo chempionatiga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Musobaqada medallar bilan birga shu yil Germaniyada o'tkaziladigan jahon chempionatining yo'llanmalari ham o'ynaladi.
Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 17.00da poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent (sobiq “Interkontitental” ) mehmonxonasida Osiyo chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
O'nta vazn toifasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida Hasanboy Do'smatov, Jasurbek Latipov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov, SHahram G'iyosov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bu bokschilarimizdan Hasanboy Do'smatov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev va Bahodir Jalolov 2 yil oldin Bangkokda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qatnashishgan edi.
Osiyo chempionati-2015dagi natijamiz:
-49 kg: Hasanboy Do'smatov - oltin
-75 kg: Bektemir Meliqo'ziev - oltin
-52 kg: SHahobiddin Zoirov - kumush
-56 kg: Murodjon Ahmadaliev - kumush
-64 kg: Fazliddin G'oibnazarov - kumush
-81 kg: Elshod Rasulov - kumush
-91 kg: Rustam To'laganov - kumush
-60 kg: Elnur Abduraimov - bronza
Fikrlar