02 fev 09:38
Yangiliklar

Birozdan so'ng Saken Pulatov boks federaciyasiga rahbar etib tayinlanadi
Unda bir nechta masalalar ko'rib chiqiladi. Ular orasida O'zbekiston boks federaciyasiga yangi vice-prezidentni tayinlash eng muhimi hisoblanadi. Bir necha yil davomida ushbu lavozimda samarali ishlab kelgan SHerzod Toshmatov bugun o'z vazifasidan ozod etiladi.
Uning o'rniga bir anchadan beri "Lokomotiv" klubi tizimida ishlab kelayotgan, jamoa muassislaridan biri, tadbirkor Saken Pulatov vice-prezident etib tayinlanadi. Bu tayinlovning qanchalik to'g'ri ekanligini esa vaqt ko'rsatadi.
Har holda SHerzod Toshmatov sport, xususan boks odami edi. Natijalar ham buni isbotlaydi. Avvaliga O'zbekiston muaytayini yuqori cho'qqiga olib chiqqan Toshmatov keyinchalik yurtimizni dunyoning birinchi raqamli boks mamlakatiga aylantirdi.
Aynan bokschilarimizning yuksak natijalari sabab O'zbekiston terma jamoasi Rio Olimpiadasida, keyin esa Osiyo o'yinlarida tarixiy natijani qayd etdi. CHarm qo'lqop ustalarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan medallarni sanamasak ham buni o'zingiz juda yaxshi bilasiz.
Endi haqli savol tug'iladi: natijalar kutilganidan ham ijobiy bo'lib turgan bir paytda rahbarni o'zgartirish shartmidi? Bunga qanday extiyoj sezildi? Bu o'zgartirish kimga va nima uchun kerak bo'lib qoldi? Savollar bisyor, javobni esa bugungi yig'ilishdan so'ng bilib olamiz.
Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o'rinbosari Ochilboy Ramatov bir vaqtning o'zida ham boks federaciyasi, ham futbol associaciyasi prezidenti hisoblanadi.
Suratda - SHerzod Toshmatov
Fikrlar