09 okt 11:15
Yangiliklar

Bisping ikki bor nokdaunga tushishiga qaramay, kamarini himoya qildi
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida UFC chempioni Maykl Bisping sobiq jahon chempioni Den Xendersonga qarshi baxs olib bordi. Birinchi raund so'nggida Xenderson Bispingni nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Lekin britaniyalik jangchi vaziyatdan chiqib ketishda o'zida kuch topa bildi. Ikkinchi raund Bispingning yaqqol ustunligi bilan boshlandi. Ammo, yana o'sha holat, raund so'nggida Xenderson o'ng tomondan bergan kuchli zarbasi evaziga chempionni nokdaunga tushirdi.
Bu safar ham Maykl oyoqqa turishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan raundlarda mezbon sportchining ustunligi sezilib turdi. Yakunda uchchala hakam ham 48-47, 48-47, 49-46 hisobida Bispingning g'alabasini taminlashdi.
Fikrlar