28 may 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA

“Bitta jang uchun 20 million ishlash imkonsiz”
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Jon Jonsning vaqtinchalik tanaffus olishga tayyor ekanligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Avvalgi jangda 5 million dollar ishlab, keyingisiga 20 million talab qilish imkonsiz. Jons Ngannuga qarshi qancha so'raganini aniq bilmayman, lekin 20 million atrofida so'ragani aniq. UFC Jonsga Frensisga qarshi jang uchun 7-8 million taklif qilgan. SHuningdek, ular Jonga translyaciyadan tushadigan mablag'dan foiz ham berishga tayyor edi”, - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons agar uni qoniqtiradigan mablag' taklif etilmasa, tanaffus olishga tayyor ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar