18 mar 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol yana bir chempionlik kamariga ko'z olaytiryapti
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol yil oxirigacha bo'lgan rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik jahon chempioni yil so'nggiga qadar o'z vazn toifasidagi chempionlik kamarlaridan birini o'ziniki qilib olmoqchi.
“Joriy yil hisobidan o'z oldimga qo'ygan asosiy maqsadim - kamarlarim sonini yana bittaga oshirish! Men bunga tayyorman va buning uchun mashg'ulotlarda ko'p ishlayapman.
Menga katta janglar kerak. Kallum Jonson bilan jang? U Artur Beterbiev bilan juda kuchli jang olib bordi. Kallumga qarshi ringga chiqishga ham tayyorman. Promouterlarim bu borada ishlashyapti”, - dedi Bivol.
Havola :
Fikrlar