01 iyu 20:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Biz Usikdan revansh olmoqchimiz
Rossiyalik bokschi Murat Gassievning murabbiyi Abel Sanchesning fikricha, shogirdi qachondir Aleksandr Usikdan revansh oladi.
«Biz butun jamoamiz bilan Usikdan revansh olishni istaymiz. Agar biz Usikka qarshi jangga yuz foiz tayyor bo'lmasak qiynalamiz. Kelajakda Usik bilan revansh jangi bo'ladi deb o'ylayman, Jang superog'ir vaznda bo'lishini hisobga olsak, bu yanada qiziq bo'lishi aniq. Usik yangi vaznda qiynalishi aniq, uning zarba kuchi bu vaznga etmasligi mumkin»,-dedi Sanches.
Eslatib o'tamiz, Gassiev - Usik o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Usik g'alaba qozongan va mutloq jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar