09 iyu 12:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/14049_220.jpg)
“Black” laqabli MMA jangchimiz g'alabasi evaziga “Lada Grant” avtomobiliga ega bo'ldi
Unda mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Qirg'iziston davlatlarining ko'zga ko'ringan MMA jangchilari ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglar esa barchaning diqqat etiborida bo'ldi.
Jumladan, 84 kg vazn
toifasidagi vakilimiz “Black” nomi bilan tanilgan Nursulton Roziboev Gran-prining
“Kuchlilar jangi” finalida jang qildi. U hal qiluvchi final bahsida mezbon sportchi Arman
Alimovni katta ustunlik bilan engdi.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev dastlab
qirg'izistonlik Ramazon Imbatovni, keyin esa qozog'istonlik Artyom Reznikovni
mag'lubiyatga uchratgan edi. Ushbu g'alabasi
evaziga Nursulton “Black” Roziboev bosh mukofot - “Lada Grant” avtomobili bilan
taqdirlandi.
SHuningdek, ushbu turnirda hamyurtlarimizdan Otabek Jabborov, Elyor Normirzaev, Aleksandr Stolyarov, Suhrob Usmonov, Husniddin Nishonov, Rustam Saidmurodov, Yusuf Rustamov hamda Talgat Xolmurodov ham muvaffaqiyatli jang o'tkazib, yakunda g'olib va sovrindorlar safida joy olishdi.
Fikrlar