13 mar 20:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Fyuri - Uaylder jangini tashkil qilish muammo emas"
Taniqli promouter Bob Arum yaqinda ESPN telekanali bilan qo'shma promouterlik bo'yicha kelishuvga erishgandi.
Arumning fikricha, superog'ir vazn toifasi vakillari Tayson Fyuri hamda WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder o'rtasida ikkinchi jangni o'tkazish muammo bo'lmaydi. Uaylderning Showtime telekanali bilan amaldagi shartnomasi ham bu jangning tashkil etilishiga to'sqinlik qila olmaydi.
"Tayson Fyuri navbatdagi jangini may yoki iyun oyida AQSHda kuchli raqibga qarshi o'tkazadi. Biz shartnomani jo'natdik va ulardan javob kutyapmiz. O'z o'rnida Uaylder ham orada bitta jang o'tkazadi. Yil so'nggida esa Fyuri va Uaylder o'rtasidagi takroriy jangga guvoh bo'lamiz. Jangni tashkil qilish ortiqcha muammo keltirib chiqarmaydi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar