22 mar 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum Joshua - Fyuri jangi haqida fikr bildirdi
Tayson Fyurining promouteri Bob Arum bokschi qanday holatda Entoni Joshua bilan jang qilishi haqida gapirdi.
"Ishonchim komil, Joshua va Xirn Fyuriga qarshi jang tezroq amalga oshishini istashmoqda. Biroq, bu jarayonga boshqa bokschilar, jumladan Pulev ham aralashgan. Jang bo'ladimi, yoki yo'qmi, bu masalalarni hal qilib olish lozim. Bundan tashqari Deontey Uaylder ham bor.
Keling tasavvur qilamiz. Joshua Pulevni, Tayson esa Deonteyni mag'lub etadi. Mana shunday holatda bokschilarni bir joyga to'plab, mutlaq jahon chempionligi jangini kelishib olsa bo'ladi", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar