02 sen 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Bob Arum: “Pakyao kelasi yili Xorn bilan revansh jangi o'tkazadi”
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoning promouteri Bob Arum bu yil filippinlik bokschining boshqa jang o'tkazmasligini tasdiqladi.
Avvalroq, 38 yoshli Pakyaoning kuz oylarida avstraliyalik Jeff Xornga qarshi revansh jangida ringga ko'tarilishi haqidagi xabarlar chop etilgan edi. Lekin Arum bu jang kelasi yili o'tkazilishini malum qildi.
“Pakyao senatorlik majburiyatlari sabab bu yil boshqa jang o'tkaza olmaydi. Xornga qarshi revansh jangi kelasi yili o'tkaziladi va bu eng to'g'ri hamda maqbul variant”, - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, 2 iyul kuni Avstraliyada o'tgan jangda Xorn hakamlar qaroriga ko'ra Pakyaoni mag'lubiyatga uchratib, WBO chempionlik kamarini nomdor raqibidan tortib olgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar