14 iyu 18:32
Yangiliklar

Bob Arum Pakyaoning sog'lig'idan havotirlanmoqda
Arumni Pakyaoning 40 yoshida ham katta boksdan ketish haqida o'ylamayotgani tashvishga solmoqda. Avval xabar berganimizdek, Menni 20 iyul kuni yarim o'rta vaznda jahon chempioni Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi. Arum o'z intervyusida 41 yoshli sobiq jahon chempioni Zab Juda bilan bog'liq holatni esladi.
"Men Pakyaoni yaxshi ko'raman, hurmat qilaman. SHu sababli ham uning salomatligidan havotirlanyapman. Bunday yoshda chempionlik jangida ringga chiqish katta tavakkal. Besh kun avval 41 yoshli Zab Juda miyasiga qon quyilishi natijasida kasalxonaga tushib qoldi. Men bu holat Pakyaoda takrorlanishidan havotirdaman", - dedi Arum.
Malumot uchun, Bob Arum 2005 yildan 2017 yilga qadar Menni Pakyaoning promouteri bo'lgan.
Fikrlar