21 jan 13:42
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov – 2022 yil eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligida. U Son Xyon Mindan yuqorida!
Portal hisob-kitobiga ko'ra, o'tgan yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi elon qilindi. Unda peshqadam sifatida “Portu” hamda Eron TJ azosi Mehdi Taremi qayd etildi. Taremi hisobida 39 ta gol bor. SHuningdek, “Albireks Niigata” (Singapur)ning yaponiyalik legioneri Kodai Tanaka ham 2022 yilda 39 ta to'p kiritgan.
Jadvalni tuzishda o'yinchilarning 2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo'lgan natijasi hisobga olindi: milliy chempionat (NL), kubok (NC), klub miqyosidagi xalqaro musobaqalar (ICC) va milliy terma jamoadagi (NT) gollar.
“Energetik-BGU”da yorqin mavsum o'tkazgan Bobir Abdixoliqov 27 ta gol bilan reytingda 6-o'rindan joy olgan. Avvalroq, Bobir “Transfermarkt” malumotiga ko'ra, 2022 yil yuqori milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan futbolchilar o'nligiga hamda IFFHS talqini bo'yicha o'tgan yilgi to'purarlar top-50 ro'yxatidan o'rin olgandi.
2022 yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligi esa quyidagicha:
Fikrlar