10 mar 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobousmon Baturov final chiptasi uchun ringga chiqdi
Iordaniya poytaxtida boks bo'yicha Olimpiada licenzion turnirining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -69 kg vaznda toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bobousmon Baturov yarim final jangini yakunladi. Baturov iordaniyalik Husseyn Iashashga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, pala-partish hujumlar ostida kechgan jangda mezbon bokschi 3:2 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bobousmon bir bor nokdaun holatiga ham tushib qoldi. Yarim finalga chiqish orqali Olimpiada chiptasini qo'lga kiritgan Bobousmon esa bronza medali bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar