So’nggi yangiliklar

16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0

07 jan 16:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobousmon Baturov: "Vaqtim keldi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman"

Teglar :  Boks Bobousmon
Boks bo'yicha Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati oltin medali, jahon chempionati bronza medali sohibi Bobousmon Baturov oldinda turgan rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Ayni paytda Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" o'quv bazasida shahsiy murabbiylarimiz va terma jamoadagi ustozlarimiz boshchiligida mashg'ulotlarga zo'r berganmiz. Oldimizda Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqa turibdi. Hozircha tarkib to'liq aniqlanmagan. Yaqin orada -63 kg va -69 kg vazn toifalarida sparring janglar tashkil etiladi va shundan so'ng musobaqada ishtirok etadigan bokschilar nomi malum bo'ladi. Mening vaznimda SHahram G'iyosov ham havaskor boksga qaytdi. Unga qarshi jang qilaman va g'olib licenzion musobaqada ishtirok etadi. 

Men barchasiga tayyorman. Kimdir kumushni oltin qilmoqchi bo'lsa, kimdadir Olimpiadada ishtirok etish va oltin medal qo'lga kiritish orzusi bor. Barcha narsaning o'z vaqti soati bor. O'ylaymanki, mening vaqtim keldi. Men imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman. Barchasi Ollohdan, kimga nasib qilgan bo'lsa o'sha boradi. Men ham eng kuchli bokschi Olimpiadaga borishi tarafdoriman. CHunki, barchamizning maqsadimiz vatanimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarishdir. 

Qolaversa yurtboshimiz menga ishonch bildirdilar. Ularga ham Olimpiada oltin medalini olib kelaman deb vada berganman.

Hozirda meni JCHda angliyalik raqibimga imkoniyatni boy berib qo'yganim uchun tanqid qillishmoqda. Bahona emas, lekin jangdan bir kun oldin kasalxonaga tushganim jangda pand berdi. Ayni paytda men ajoyib sport formasidaman. Meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat aytaman. Xudo xohlasa ishonchingizni oqlayman", - dedi Bobousmon Baturov.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
07 jan 18:30:35
Judo 1
Hammasi adolatli bo'ladi va munosib bokschi olimpiyadada ishtirok etadi degan umiddaman.
+1   
07 jan 16:18:25
Oybek Mirvaliyev
Gazini bos Bobousmon
   
10 jan 22:31:06
Sher Kokandskiy
Олимпиадага Шахрам бориши керак.
   
08 jan 10:01:32
Boks boks
Шахрамнинг жанларин курганлар мазза килади Гиясов барибир Гиясов хакикий чемпион кудакаласа
   
07 jan 17:47:27
CHELSEA2211
Bobousmon Boturov senga omad... Olimpiada sen borasan xudo xoxlasa...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing