21 apr 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmon Osiyo chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -69 kg vanzn toifasidagi bokschimiz Bobousmon Baturov musobaqadagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Bobousmon eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiriga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund davom etgan jangda charm qo'lqop ustamiz eronlik bokschini 4:1 hisobiga ko'ra mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Kecha Bobousmon mo'g'ulistonlik Bayarku Ganbaatarni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar