25 avg 14:28
Yangiliklar
Bobur Qurbonov Prime FL kamari uchun jang qiladi. Raqib, sana va manzil malum!
Qo'lqopsiz jang qoidasi asnosida o'tkaziladigan oqshomning asosiy to'qnashuvida rossiyalik Ilnar "Xanter" Ishimbaev o'rta vazn toifasida (84 kg) hamyurtimiz Bobur Qurbonovga qarshi ringga ko'tariladi. Qarshilik aralash yakkakurash ustamiz qisqa ogohlantirish bilan ushbu chempionlik jangini qabul qildi. Qurbonov safdan chiqqan Xamzat Kurievning o'rnini egalladi.
Ishimbaev g'alaba qozongan taqdirda liga tarixida ilk bor ikki vaznda Prime FL chempioniga aylanadi. U hozirda yarimo'rta vazn (77 kg) toifasida chempionlik kamariga egalik qilmoqda.
Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi ham Prime FL kamari uchun kechadi. Engil vazn toifasida kechadigan jangda rossiyaliklar Filipp Kosirev va Magomedali "Maugli" Magomedrasulov o'zaro ringda to'qnash keladi. Bu trilogiya jangi bo'lib, hozircha tomonlar bittadan g'alabaga ega bo'lib turibdi — 1:1.

Fikrlar