25 avg 08:35
Yangiliklar
SHaxmat
Jahongir Vohidov - Abu Dabi xalqaro shaxmat festivali g'olibi!
BAA poytaxtida o'z nihoyasiga etgan nufuzli 32nd Abu Dhabi International Chess Festival musobaqasining Masters guruhida hamyurtimiz Jahongir Vohidov mutlaq chempionga aylandi.
Grossmeysterimiz 9 tur yakuniga ko'ra 7.0 ochko jamg'arib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.
Ushbu yorqin natija orqali u 1-o'rin hamda 15 000 dollar miqdoridagi bosh sovrinni o'zlashtirdi. Asosiy raqobatchilar, jumladan, rossiyalik Daniil Dubov (6.5 ochko) esa kuchli uchlikdan joy oldi.
Yakuniy natijalar va mukofotlar (Masters):
1. Jahongir Vahidov — 7.0 ochko ($15 000)
2. Daniil Dubov — 6.5 ochko ($10 000)
3. Aleksandr Raxmanov — 6.5 ochko ($7 000).

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar