21 avg 06:16
Yangiliklar
Jahon chempionatining ilk kuniyoq 4 ta medal qo'lga kiritdik. Sirojiddinova - Jahon chempioni!
Dunyo birinchiligining birinchi kungi bellashuvlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. Aurelio CHiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz 1 ta oltin, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Quvonarlisi, Iroda Sirojiddinova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, o'smirlar o'rtasida Jahon chempioniga aylandi. -40 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Iroda haqiqiy manoda iroda namoyish etdi. To'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan bahslarga kirishgan Sirojiddinova ozarbayjonlik Sunay Salamova, 1/2 finalda rossiyalik Emiliya Sayfutdinova hamda final bahsida qozog'istonlik Adiya Janaxmetni mag'lubiyatga uchratdi. Olis Ekvador zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiya yangradi. Iroda bir oy oldin Iordaniyada o'tgan Osiyo chempionatida ham oltin medal qo'lga kiritgandi.
Terma jamoamiz azolaridan Bobur Yusupov (-55 kg), Alina Kolyucheva (-44 kg) va CHaros Hikmatova (-48 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Birinchi kungi bellashuvlardan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 60 davlat orasida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar