25 avg 11:19
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetovaning US Open 2026 saralashidagi uchrashuvi 68 daqiqa davom etdi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 54 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi US Open 2026 turnirining saralash bahslarida birinchi raqam ostida tasniflangandi.
Hamyurtimiz saralashning 1/4 finalida chexiyalik 21 yoshli Linda Fruxvirtovaga qarshi kortga chiqdi. Oltmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda afsuski, Polina reytingda o'zidan quyida borayotgan raqibasiga deyarli qarshiliksiz imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1/6, 3/6.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Kudermetova WTA reytingida 97, Fruxfirtova 179-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ilk bahs 2024 yil 23 sentyabr kuni Pekin shahridagi turnir doirasida bo'lib o'tgan va unda Kudermetova 6/7(3), 6/1, 6/2 hisobida g'alaba qozongan edi. Linda bugungi g'alabasi bilan muvozanatni tiklab qo'ydi - 1:1.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar