So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

07 iyu 19:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov jang qiladigan turnir aytildi

Yarim og'ir vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskovning sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi jangi polshalikning jarohati sabab bekor qilingandi.

Angrenlik aralash yakkakurash ustasi 1 avgust kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 283 turnirida oktagonga qaytadi.

Bu haqda Meta Fight nashriga bergan intervyusida "Carevich"ning murabbiyi Gor Azizyan xabar berib, tashkilotning sobiq chempioni Yan Blaxovichni potencial raqib deb atagan.

"Bogdan 1 avgust kuni Serbiya turnirida jang qiladi, lekin kim bilan, hozircha bilmaymiz. Ammo bizga UFC`da Bogdan u erda 1 avgustda bo'lishini aytishdi. Hozircha shartnoma yo'q, lekin Polsha fuqarosining kelishini kutyapmiz. Ikki hafta oldin Blaxovichni jarohatlangan oyog'i bilan yurganini ko'rgandim. Biz u bilan jang o'tkazishni juda ham xohlaymiz. U hozir reytingda to'rtinchi o'rinda - bu juda yoqimli joy", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Guskov va Blaxovich o'rtasidagi birinchi jang o'tgan yilning dekabr oyida Las-Vegasdagi UFC 323 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan durang natija qayd etilgan edi. Ularning revansh jangi 9 mayga belgilangandi, biroq polshalik sobiq chempion tizzasidan jarohat olgani bois jang bekor qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing