30 iyu 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskovning qiyofadoshi Entoni Smit UFC 303 turnirida jang qildi
Yarim og'ir vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Entoni Smit o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Las-Vegasdagi UFC 303 turnirida oktagonga ko'tarildi.
Reytingning o'ninchi o'rnidagi Smitga gruziyalik Roman Dolidze raqib bo'ldi.
3 raund etib belgilangan to'qnashuv to'liq davom etdi. Jangda Roman Dolidze hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.
Bu Roman uchun faoliyatidagi 16-jangida qo'lga kiritgan 13-g'alabasi bo'ldi. Entoni Smit esa bugun o'zining 20-mag'lubiyatini qabul qilishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar