So’nggi yangiliklar

10:01Бивол Россияда жанг қилади, рақиб ўша-ўша! (ПОСТЕР) 0 09:40"Номзодлар турнири": Жавоҳир Синдаров 2-турда муроса кўчасини танлади 0 09:18Фабио Каннаваро: "Мундиалда барчаси бошқача бўлади" 0 08:53Эксперт Махачев билан жанг учун икки асосий даъвогарни айтди 0 08:30Осиё чемпионати: Бугун фақат бир боксчимиз жанг қилади 0 21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0

03 iyu 16:25
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bo'ka tumanida “Yoshlar Kubogi” bellashuvlari o'tkazildi

Toshkent viloyatining Bo'ka tumanidagi “Bo'ston” nomli yoshlar istirohat bog'ida tuman yoshlari ishtirokida “Yoshlar Kubogi” doirasida sportning stol tennisi va voleybol turlari bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyatining “yashil” hududiga kiritilgan mazkur tumanda o'tkazilgan musobaqa “Yoshlar kuni”ga bag'ishlanib, Bo'ka tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Musobaqada 80 nafardan ortiq yoshlar ayni karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda o'zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvlar yakunida g'olib va sovrindorlar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda “Bo'ka – Bo'ston bahori” nomli fermer xo'jaligi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing