30 jan 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati ham Rossiyada o'tkaziladi
Ayol bokschilar o'rtasidagi navbatdagi Jahon chempionati Rossiya Federaciyasi Buryatiya Respublikasining Ulan-Ude shahrida bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqaning joriy yilning 3-13 oktyabr kunlari o'tkazilishi malum qilindi. Xalqaro havaskorlar boks associaciyasi (AIBA) musobaqalar taqvimidan o'rin olgan mazkur dunyo birinchiligida sayyoramizning 50ga yaqin mamlakatidan etakchi charm qo'lqop ustalari ishtirok etadi.
Malumot uchun, ayollar o'rtasidagi Jahon chemiponati 2001 yildan beri tashkil etib kelinadi. O'tgan yili yubiley - X-Jahon chempionatiga Hindiston davlati mezbonlik qilgan edi. Rossiyada shuningdek, erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionati ham o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar