10 apr 14:08
Yangiliklar

Boks. Bangkokdagi Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etadilar. SHu munosabat bilan, 12 aprel kuni poytaxtimizda katta matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, murabbiylar va Osiyo chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz qatnashadilar.
SHu munosabat bilan, ushbu matbuot anjumaniga yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz. Jurnalistlar anjuman davomida O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatiga, murabbiylar va Osiyo chempionatida ishtirok etadigan bokchilarimizga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.
Anjuman 12 aprel kuni soat 18:00 da “ORIENT FINANS BANK” majlislar zalida bo'lib o'tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Osiyo ko'chasi 5 uy (Mo'ljal: Novomoskovskiy).
Fikrlar