26 noy 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Bekobodda O'zbekiston chempionati bahslari boshlandi
Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlandi.
O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakat boks federaciyasi hamkorligida o'tkazilayotgan yilning so'nggi nufuzli musobaqasi 10ta vazn toifasida tashkil etilyapti.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida istedodli va shu bilan birga tajribali bokschilar ringga ko'tarilishmoqda.
30 noyabrga qadar davom etadigan joriy yilgi yakuniy musobaqada Braziliya mezbonlik qilgan Rio Olimpiadasining g'olib va sovrindorlari ham ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar