30 iyu 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Bilolbek Mirzarahimovda nokautli g'alaba, Timur Saidov ham g'alaba bilan boshladi
Kaspiysk shahrida boks bo'yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval Abdulhay SHorahmatov mo'g'ulistonlik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqani g'alaba bilan boshlagandi.
Endi esa -69 kg vaznli charm qo'lqop ustamiz Bilolbek Mirzarahimov gruziyalik Giorgi Gabodzega qarshi ringga ko'tarildi va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
SHuningdek, -69 kg vaznli yana bir bokschimiz Timur Saidov mo'g'ulistonlik Suxxuyan Batxuyanga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Hali oldinda yana 4 nafar bokschimiz ishtirokidagi jang kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar