08 mar 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Bobousmon terma jamoamizga Tokio Olimpiadasi uchun dastlabki licenziyani taqdim etdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqa davom etmoqda
Hozirgina -69 kg vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qiladigan Bobousmon Baturov chorak finalda xitoylik Kiong Ersunga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi!
Jangda katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz raqibini mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini, shuningdek, Tokio Olimpiadasiga licenziyani qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar