29 apr 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/116397_220.jpg)
Boks bo'yicha 2021 yilgi jahon chempionati mezboni o'zgardi
Erkaklar o'rtasida 2021 yilgi jahon chempionati Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o'tkaziladi.
Bu haqida AIBA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Musobaqa o'tkazilish sanasi keyinroq malum qilinadi.
Avvaliga 2021 yilgi jahon chempionati Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin, shahar AIBA oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi va chempionatni Serbiya qabul qiladigan bo'ldi. Endi Hindiston poytaxti jarima sifatida 500 ming AQSH dollari to'lashi lozim.
Malumot uchun, Serbiya bungacha ham (1978 yil) boks bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar