So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

04 okt 23:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha jahon chempioniga yangi xonadon sovg'a qilindi

Boks bo'yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga viloyat hokimligi tomonidan Farg'ona shahar markazidan yangi xonadon sovg'a qilindi.

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o'rtasida boks bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz birinchi o'rinni qo'lga kiritgani muhim voqea bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi safidan Farg'ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan Mirazizbek Mirzaxalilovning ham joy olgani bugun barcha farg'onaliklarni behad quvontirdi. CHempionatning 57 kilogramm vazn toifasida ringga ko'tarilgan Mirazizbek Mirzaxalilov final uchrashuvida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o'yinlari sovrindori kubalik raqibini mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 sentyabrdagi farmoni bilan Mirazizbek Mirzaxalilov ham “O'zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlandi.

Jahon chempioniga Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan yangi bunyod etilgan ko'p qavatli uydan barcha sharoitlarga ega xonadonning kaliti topshirildi. 

–Xalqning olqishida, Prezidentimizning etirofida bo'lish juda katta baxt ekan, – deydi M. Mirzaxalilov. – Yangi xonadon berilishini hech kutmagandim. Yangi uyda zamonaviy mebel jihozlaridan boshlab, telivizor, xolodilnik, qo'yingki, hamma narsa bor. Albatta biz sportchilarga bildirilayotgan ishonch hamda ko'rsatilayotgan etibor yanada kuch-quvvat bag'ishlaydi. Niyatimiz – O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida doimo baland ko'tarishdir.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
05 okt 00:02:11
Бахтиёр Чориев
Буларкану
   
05 okt 06:10:37
Мурод Жўраев
Омадингни берсин Миразиз. Насиб қилсин. Буюрсин. Отангга раҳмат
   
05 okt 06:09:18
Мурод Жўраев
Ва ниҳояттт.
   
05 okt 00:42:00
Angren.
Калитти топширган нусха Ким?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing